Jahon | 21:37 / 22.10.2024
1863
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Tayvan yaqinida yana harbiy o‘quvlarni o‘tkazdi

Tayvan Mudofaa vazirligi Xitoy mashg‘ulotlari har yili o‘tkaziladigan o‘quvlar doirasida amalga oshirilganini va idora vaziyatni kuzatib borayotganini ma’lum qildi.

Foto: AP

Xitoy keng ko‘lamli havo-dengiz o‘quvlaridan keyin yana Tayvan yaqinida jangovar otishma mashg‘ulotlarini o‘tkazdi, deb xabar beradi Associated Press.

Xitoy dengiz xavfsizligi ma’muriyatining ma’lum qilishicha, jangovar otishmalar amalga oshirilgan mashg‘ulotlar Pintan orollari yaqinida soat 09:00 dan 13:00 ga qadar o‘tkazilgan.

Tayvan Mudofaa vazirligi Xitoy mashg‘ulotlari har yili o‘tkaziladigan o‘quvlar doirasida amalga oshirilganini va idora vaziyatni kuzatib borayotganini ma’lum qildi.

«Bu Tayvan bo‘g‘ozidagi harakatlarga javoban tutib turish ta’sirini kengaytirish yo‘llaridan biri ekanini istisno etib bo‘lmaydi», — deyiladi idora bayonotida.

Xitoyning mazkur xatti-harakatlariga javoban AQSh Tayvan bo‘g‘ozi orqali tranzit tashuvlarni amalga oshirmoqda. 20 oktabr kuni AQShning sagdaga esminetsi va Kanadaga tegishli sagasg fregati okeanning Xitoy hamda Tayvanni ajratib turuvchi tor yo‘lagidan suzib o‘tgandi.

Oktyabr o‘rtalarida Xitoy Tayvan atrofida keng ko‘lamli mashg‘ulotlar boshlagan va bu orqali oroldagi «ayirmachi kuchlarga qat’iy ogohlantirish» yuborayotgani hamda orolni blokada qilishni mashq qilayotganini bildirgandi. Bu Tayvanda yangi prezident saylanganidan keyin ikkinchi bor mashg‘ulotlar o‘tkazilishidir.

Joint Sword 2024B nomini olgan mashg‘ulotlar Tayvan prezidenti Lay Sindening orol Pekin tomonidan «anneksiya» qilinishiga qarshi chiqishiga va’da bergan muhim chiqishidan atigi to‘rt kun o‘tib boshlandi.

Mavzuga oid