Jahon | 14:32 / 22.10.2024
7624
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda politsiyachi farzandini yo‘qotgan ayol uchun o‘n yildan beri o‘g‘il rolini o‘ynab kelmoqda

O‘g‘li vafot etganidan keyin ayolda xotira bilan bog‘liq muammolar boshlangan. Uni ranjitmaslik uchun o‘g‘li tirikligini aytishgan.

Foto: AP

Xitoylik politsiyachi o‘g‘lini yo‘qotgan va kognitiv nuqsoni bor ayolga 10 yildan beri g‘amxo‘rlik qilmoqda. U ayolni ona deb ataydi va muntazam ravishda bayramlar bilan qutlab, oilani ziyorat qilib turadi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Shansi provinsiyasida yashovchi Sya Chjanghay va uning rafiqasi Lyan Tsyaotsinning o‘g‘li 2003 yilda vafot etgan. Ushbu fojiadan so‘ng ayol falajlanib, xotirasi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan. Turmush o‘rtog‘i uni ranjitmaslik uchun o‘g‘lining tirikligini, boshqa shaharda ishlayotganini aytgan.

Kunlarning birida Sya Chjanghay teleko‘rsatuvda Tszyan Tszinvey ismli Shanhay politsiyasi xodimini ko‘rib qoldi. 2013 yil oxirida u politsiyachi bilan realiti-shou orqali bog‘lanib, uchrashishni so‘radi, erkak rozi bo‘ldi. Shunda politsiyachi birinchi marta Lyan Tsyaosinga o‘zini uning o‘g‘li deb tanishtirdi, ayol unga ishondi.

2016 yilda politsiyachi juftlikni Shanhayga taklif etdi, 2018 yilda esa o‘zi ularnikiga Yangi yilni nishonlash uchun keldi. Politsiyachi ular bilan tez-tez videoa qo‘ng‘iroq orqali gaplashib turadi. Bir kuni suhbat paytida ayol “o‘g‘li”ning sochiga oq oralayotganini payqab, shunday dedi: “O‘g‘lim, sen qarib boryapsan”.

Mavzuga oid