AQSh va BAA G‘azo va Livandagi keskinlikni kamaytirish sa’y-harakatlarini muhokama qildi
Blinken va Ol Nahayon, shuningdek, Moviy chiziqdagi mojaro va BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyutsiyasiga to‘liq mos keladigan diplomatik yechim topishga qaratilgan sa’y-harakatlarni ham muhokama qildilar.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken BAA tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan G‘azo sektori va Livandagi keskinlikni kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarni muhokama qildi.
Davlat departamentining bildirishicha, telefon muloqoti chog‘ida tashqi siyosat rahbarlari G‘azodagi urushni to‘xtatish, barcha asirlarni ozod qilish va Falastin xalqining azobini yengillashtirishni muhokama qilgan.
Blinken va Ol Nahayon, shuningdek, Moviy chiziqdagi mojaro va BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyutsiyasiga to‘liq mos keladigan diplomatik yechim topishga qaratilgan sa’y-harakatlarni ham muhokama qildi.
BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyutsiyasi
BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyutsiyasi Isroildan o‘z qo‘shinlarini Moviy chiziqdan tashqariga olib chiqishni va Livandagi chiziq va Litani daryosi o‘rtasidagi hududni demilitarizatsiya qilishni, u yerda faqat Livan armiyasi kuchlari va BMT tinchlikparvar kuchlarini qoldirishni talab qiladi.
Biroq, Livan janubidagi Litani daryosi va Moviy chiziq orasidagi deyarli butun hudud 2000 yildan beri «Hizbulloh»ning kuchli harbiy ta’siri ostida.
Mavzuga oid
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
11:15 / 21.11.2024
Putin Tramp bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilishga tayyor - Reuters
10:46 / 21.11.2024
AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam ajratilishini e’lon qildi
10:31 / 21.11.2024