Beruniy nomidagi YuNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi
Mukofot ikki yilda bir marotaba sun’iy idrok sohasida odob-axloq va inklyuzivlikni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi loyihalarga beriladi.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
Sun’iy intellekt sohasidagi etika bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Beruniy nomidagi YuNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu qaror 2024 yil 22 oktyabr kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tgan YuNESKO Ijroiya kengashining 220-sessiyasida O‘zbekiston prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbus doirasida bir ovozdan qabul qilingan.
Mukofot ikki yilda bir marotaba sun’iy idrok sohasida odob-axloq va inklyuzivlikni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi zalvorli loyihalarga beriladi. G‘oliblar mustaqil xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan saralab olinadi va jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi e’tirofi ramzi sifatida pul mukofoti, sertifikat va medal bilan taqdirlanadi.
«Ilk taqdirlash marosimi 2025 yilning noyabr oyida Samarqand shahrida YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi, bu esa mazkur tashabbusning O‘zbekiston va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ifodalaydi», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Avvalroq «Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilingandi. Qarorga ko‘ra, Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlangan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi muddatidan oldin Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi
Sport | 01:32
-
Suriyada hali ham 100 dan ortiq kimyoviy qurol omborlari mavjud - NYT
Jahon | 00:59
-
Xitoyda sobiq «iqtisodiyot qiroli»ning o‘g‘liga qarshi tergov boshlandi
Jahon | 00:38
-
Yerokomissiya AQShdan import qilinadigan go‘sht, kiyim-kechak va hojatxona qog‘oziga javob bojlari joriy etadi
Jahon | 23:36 / 06.04.2025
Mavzuga oid

18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi

23:31 / 05.04.2025
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi

19:02 / 04.04.2025
BMT: Sun’iy intellekt tufayli boy va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut o‘smoqda

22:17 / 03.04.2025