Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada norovirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, har yili dunyoda 685 millionga yaqin odamda norovirus aniqlanadi va bemorlarning 200 mingga yaqini vafot etadi.
Britaniyalik shifokorlar norovirusga (gastroenterit epidemiyalarining asosiy qo‘zg‘atuvchisi) qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishni boshladi, deb xabar beradi The Guardian.
«Shifokorlar norovirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazishni boshladi», — deb yozadi nashr.
Agar norovirusga qarshi vaksina muvaffaqiyatli chiqsa, Moderna farmatsevtika kompaniyasi mazkur dori vositasini 2026 yil ro‘yxatdan o‘tkazishga ariza beradi. Arizani ko‘rib chiqish jarayoni bir yilgacha vaqt oladi. Vaksinaning keyingi sinovlari esa o‘smirlar va yosh bolalarda o‘tkaziladi.
Buyuk Britaniya umumiy amaliyot shifokori va sinovlarning bosh tadqiqotchisi Patrik Murning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda dunyoda norovirusga qarshi tasdiqlangan vaksina mavjud emas. Uning ta’kidlashicha, har yili dunyoda 685 millionga yaqin odamda norovirus aniqlanadi va bemorlarning 200 mingga yaqini vafot etadi.
Vaksinaning klinik sinovlari ikki yilga cho‘ziladi — unda dunyoning turli davlatlaridan 25 ming kishi, birinchi navbatda, 60 yoshdan kattalar ishtirok etadi. Tadqiqot davomida ishtirokchilarning yarmi tasodifiy tarzda vaksina, qolgan yarmi esa platsebo sifatida «fizrastvor» inʼeksiyasini oladi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025