Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi Oybek Shaxavdinov Xorvatiyaga ham elchi bo‘ldi.
Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Xorvatiyadagi elchisi lavozimiga tayinlandi. U bir vaqtning o‘zida Vengriyadagi elchi sifatida ham faoliyat yuritadi.
23 oktyabr kuni u Zagrebda Xorvatiya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi protokol departamenti boshlig‘i Mirta Yelens Jupanga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi hisoblanadi (qarorgohi Budapeshtda joylashgan). Bungacha Avstriyadagi ham elchi ham bo‘lgan. Ilgari tashqi ishlar vazirlgining Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi
21:46 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga tashrifini yakunlab, Sloveniyaga yo‘l oldi
16:01 / 21.05.2025