Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarixda birinchi marta ota-o‘g‘il basketbolchi NBA o‘yinida birgalikda ishtirok etdi
39 yoshli LeBron va 20 yoshli Bronni Jyeyms «Los-Anjyeles Leykers» tarkibida tarixga kirdi.

Foto: Getty Images
Amerikalik basketbolchilar LeBron va Bronni Jyeyms bir vaqtning o‘zida bitta jamoada o‘ynagan birinchi ota va o‘g‘il bo‘ldi. Ikkalasi ham «Los-Anjyeles Leykers» klubi tarkibida Milliy Basketbol Assotsiatsiya (NBA) o‘yinida parketga tushdi.
Jyeymslar parketda ikki yarim daqiqa vaqtni birga o‘tkazishdi. Bronni o‘yin vaqtida to‘pni savatga aniq tashlay olmadi, shuningdek, sermahsul uzatmani ham amalga oshira olmadi - bu 20 yoshli basketbolchi uchun dunyoning eng kuchli ligasidagi birinchi o‘yin bo‘ldi. Biroq, LeBron Ligada 22-mavsumini o‘tkazmoqda va bu noyob yutuq.
«Biz shunchaki o‘z ishimizni bajardik. Bronni ham, men ham bundan shou qilishga urinmadik, bir-birimizga o‘ynamadik. Biz bir jamoa bo‘lib o‘ynadik va menimcha, hammasi muvaffaqiyatli bo‘ldi», dedi «Los-Anjyeles Leykers» hujumchisi LeBron Jyeyms.
«Parketga chiqishdan oldin men biroz xavotirda edim va bu ajablanarli emas, siz har doim birinchi o‘yinidan oldin asabiylashasiz. Ammo keyin tinchlandim va parketda o‘tkazgan vaqtimdan mamnun bo‘ldim», dedi «Los-Anjyeles Leykers» himoyachisi Bronni Jyeyms.
39 yoshli LeBron Jyeyms tarixdagi eng yaxshi basketbolchilardan biri sifatida tan olingan, dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan sportchilardan biri. U to‘rt karra NBA chempioni, to‘rt karra NBA finalining eng yaxshi o‘yinchisi, to‘rt karra NBA eng foydali o‘yinchisi. 13 marta NBA yulduzlarining birinchi jamoasiga kiritilgan.
Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025