Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida bojsiz maxsus savdo zonasi tashkil etilishi mumkin
Mang‘istau viloyati hokimi Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida boj olinmaydigan maxsus savdo zonasini tashkil etishni taklif qildi.
22 oktyabr kuni Samarqandda o‘tgan Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlarining qo‘shma hududlararo forumida Mang‘istau viloyati hokimi Nurdaulet Qilibay Mang‘istau viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha qator takliflar bilan chiqdi.
Mang‘istau va O‘zbekistonni bog‘laydigan avtomobil yo‘li qurilmoqda. Avtomobil qatnovi Qozog‘iston hududidagi «Tajyen» bojxona postigacha amalga oshiriladi. Yaqinda Qoraqalpog‘iston markazidan mamlakat chegarasigacha bo‘lgan yangi avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi. Bu kelajakda Mang‘istau viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish imkonini berishi qayd etildi.
Nurdavlet Qilibayning so‘zlariga ko‘ra, mintaqaning ulgurji bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari, sabzavot, meva va quruq mevalarning katta qismi O‘zbekistonning Buxoro, Samarqand, Nukus va Sirdaryo dalalaridan keltiriladi. «Tajyen» bojxona posti orqali kuniga 250−300 ga yaqin fura o‘tadi, shundan o‘rtacha 25−30 fura Mang‘istau viloyatiga jo‘natiladi. Bu qariyb 11 ming tonna mahsulot degani.
Mang‘istau viloyati hokimi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida chegaradosh hududda «Xorgos» nomli boj olinmaydigan maxsus savdo zonasini tashkil etish taklifini bildirdi. Savdo-iqtisodiy zonaning ochilishi Mang‘istau viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 4 barobar oshirish imkonini berishi ko‘rsatib o‘tildi.
Mavzuga oid
12:47
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024