O‘zbekiston | 10:40 / 24.10.2024
816
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda O‘zbekiston va Chexiya TIV o‘rtasida memorandum imzolandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatga tashrif bilan kelgan Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy bilan uchrashdi.

Foto: TIV

"Biz Chexiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy janoblarini O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida qutlashdan mamnunmiz, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. - Davlatlarimizni boy tarixiy aloqalar va xalqlarimiz orasidagi rishtalar bog‘laydi". 

Muzokaralar kun tartibidan ikki tomonlama hamkorlikni boyitish, muntazam almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish, yanada dinamik iqtisodiy diplomatiyani qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va global masalalar o‘rin oldi. 

Hamkorlik uchun ulkan imkoniyatlar mavjudligi alohida ta’kidlandi. Katta salohiyat hali amalga oshirilmagan. O‘zbekiston va Chexiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi ham imzolandi.

Sentyabr oyi oxirida O‘zbekiston va Chexiya tashqi ishlar vazirlari BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida muzokaralar o‘tkazdilar. Unda tomonlarning savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish tarafdoriligi qayd etildi. O‘zbekiston tomoni Chexiya Hukumatining Toshkentda Chexiya Savdoni rivojlantirish agentligi ofisini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorini olqishladi.

Mavzuga oid