GFR va AQSh Kiyevni NATOga zudlik bilan taklif qilishga tayyor emas
«Hozircha alyans Ukrainaga a’zo bo‘lish yoki uni taklif qilishga tayyor bo‘ladigan darajaga yetgani yo‘q», dedi AQShning NATOdagi elchisi Julianna Smit Politico nashriga.
Germaniya va AQSh hali Ukrainani NATOga «darhol taklif qilishga» tayyor emas. Bu haqda 23 oktyabr, chorshanba kuni AQSh va Shimoliy Atlantika alyansining to‘rt nafar rasmiy va diplomatlariga tayanib, Politico nashri ma’lum qildi.
Politico Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning «g‘alaba rejasi»da «zudlik bilan taklif» haqida gap ketganini eslatib o‘tdi, shu bilan birga u alyansga haqiqiy kirish Rossiya Federatsiyasi bilan urush tugaganidan keyingina mumkin bo‘lishini tan oldi.
«Hozircha alyans Ukrainaga a’zo bo‘lish yoki uni taklif qilishga tayyor bo‘ladigan darajaga yetgani yo‘q», dedi AQShning NATOdagi doimiy vakili Julianna Smit.
Zelenskiy: Ukraina yadro qurolini qaytarishni so‘ramayapti, lekin NATOga qo‘shilishi kerak
Ukraina yadro qurolini qaytarishni so‘ramayapti, lekin Rossiya agressiyasidan o‘zini himoya qila olish uchun NATOga qo‘shilishi kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga ma’lum qildi.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukraina ko‘p yillar avval NATOga a’zo bo‘lishga umid qilib, butun yadro arsenalidan voz kechgan.
«Biz o‘z vaqtida barcha yadroviy qurollarimizdan voz kechdik. Bu ko‘p yillar oldin bo‘lgandi. Biz NATOga kirishimiz kerak edi. Bu mening fikrim. Men buni (AQSh prezidenti Jo) Bayden va (Respublikachilardan prezidentlikka nomzod) Tramp bilan bo‘lishdim. Shuning uchun men Ukrainaga nisbatan adolat qayerdaligini tushuna olmasligimni aytdim», — deya Zelenskiyning so‘zlaridan iqtibos keltirgan RBK-Ukraina.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina qurollardan voz kechgan, ammo va’da qilingan xavfsizlikni olmagan.
«Biz yadro qurolidan voz kechdik, lekin NATOni olmadik. Va siz menga boshqa ittifoqchilar yoki boshqa «xavfsizlik soyabonlari» yoki shunga o‘xshash narsalarni aytib bera olasizmi, deb so‘radim. Hech kim Ukraina uchun NATOga mos keladigan xavfsizlik choralari va kafolatlari haqida menga aytolmadi. Shuning uchun bu mening dalillarim», — dedi Zelenskiy.
Mavzuga oid
08:30
Boltiqbo‘yi davlatlari NATOdagi ittifoqchilarini Kiyevga yordamni kuchaytirishga chaqirdi
08:31 / 21.11.2024
RF hujumi tahdidi tufayli Kiyevdagi bir qancha elchixonalar yopildi
14:41 / 20.11.2024
YeI davlatlari AQSh yordami qisqarsa ham Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga tayyor
12:17 / 13.11.2024