«Poytaxtbank» BAA kompaniyasi ixtiyoriga o‘tdi
Bond Investmens kompaniyasi (BAA) «Poytaxtbank» aksiyalarining 100 foizlik egasiga aylandi. Iyun oyida bankni 10 mln dollarga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.
«Poytaxtbank» AJ ustav kapitalidagi 100 foiz aksiyalar paketi Birlashgan Arab Amirliklarining Bond Investmens limited LLC kompaniyasiga sotilgandi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi BAA kompaniyasi «Poytaxtbank»ni 10 mln dollarga, to‘lovni biryo‘la amalga oshirish sharti bilan xarid qilgani haqida ma’lum qilgandi.
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, davlatga tegishli bankning 100 foizlik ulushi xususiy kompaniya ixtiyoriga o‘tgan, Markaziy bank ham sentabr oyidan «Poytaxtbank»ni xususiy banklar qatoriga kiritgan.
Avvalroq, mazkur bankdagi davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha «Ekspobank» AJ (Rossiya) bilan kelishuv imzolangan edi. Davaktiv xabariga ko‘ra, xalqaro munosabatlarda yuzaga kelgan vaziyat sababli «Ekspobank» tomonidan amaldagi kelishuv shartlarini bajarish imkoniyati mavjud emasligi inobatga olinib, shartnoma o‘zaro kelishuvga asosan bekor qilingan.
Bank O‘zbekiston prezidentining 2017 yildagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Asosiy faoliyati – tijorat bank operatsiyalari, qimmatli qog‘ozlar, valuta bilan operatsiyalar, kredit va kafolatlar berish.
Mavzuga oid
09:59 / 23.11.2024
Britaniyaning eng yirik banki Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi
21:13 / 21.10.2024
Rossiyada bankning sobiq rahbari o‘ziga 3 mlrd rubl kredit ajratib, Monakoga qochib ketdi
11:30 / 17.10.2024
Toshkentda 3 ming dollar evaziga bankdan 100 ming dollar olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
12:10 / 03.10.2024