Sun’iy intellektga ega robot tomonidan chizilgan surat 120 ming dollarga sotilishi mumkin
Ai-Da dunyodagi birinchi ultrarealist rassom-robot hisoblanadi. Uni Eydan Meller va Engineered Arse mutaxassislari tayyorlagan.

Foto: Sotheby’s
Sotheby’s kimoshdi uyi Ai-Da rassom-roboti yaratgan portretni savdoga chiqaradi, deb xabar beradi CNN.
Ai-Da dunyodagi birinchi ultrarealist rassom-robot hisoblanadi. Uni Eydan Meller va Engineered Arse mutaxassislari tayyorlagan. Ai-Da bionik qo‘llari va ko‘zlaridagi kameralar yordamida rasm chizadi. Robot dasturchi ayol Ada Lavleys sharafiga Ai-Da deb nomlangan.
Robot chizgan suratda matematik Alan Tyuring tasvirlangan. Sotheby’s polotno uchun 120-180 ming dollar qo‘lga kiritishni rejalashtirgan. Auksion 31 oktyabr kuni ochiladi.

Ai-Da o‘z ishi yirik kimoshdi uyi tomonidan sotuvga qo‘yilgan birinchi rassom-robotga aylanadi. Kartina, shuningdek, 2024 yilning mayida BMTga namoyish etilgandi.

«Mening ishlarim Birlashgan Millatlar Tashkilotining sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanish borasidagi tamoyillariga mos keladi — Alan Tyuring ham buning tarafdori edi», — deydi muloqot uchun SIning ilg‘or til modelidan foydalanadigan robot.
2022 yilda robot Billi Aylish, Dayana Ross, Kendrik Lamar va Pol Makkartnining portretlarini chizgan edi. Undan bir yil oldin esa Misr chegarachilari Ai-Da rassom-robotni josuslikda gumon qilib ushlashgandi. Xavfsizlik kuchlari robot ko‘zlariga o‘rnatilgan kameralar yordamida josuslik qilishi va tanasidagi modem orqali ma’lumotlarni uzatishi mumkin deb hisoblagan.
Mavzuga oid

21:36 / 08.04.2025
Reuters: Trampni tanqid qilayotgan davlat xizmatchilarini kuzatishda sun’iy intellektdan foydalanilmoqda

21:43 / 07.04.2025
AQShda 14 yoshli o‘smir yurak kasalliklarini sanoqli soniyalarda aniqlashga qodir ilovani ishlab chiqdi

11:24 / 07.04.2025
Kawasaki o‘zining robot otini namoyish etdi. U tog‘larda ham yugura oladi

18:51 / 06.04.2025