O‘zbekiston | 12:30 / 25.10.2024
1607
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijdagi mahkumlarni O‘zbekistonga qabul qilish tartibi takomillashtirilyapti

Senatning ellik to‘qqizinchi yalpi majlisida “Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokamasi bo‘lib o‘tdi. 

Foto: Senat axborot xizmati

Qonunda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni ular jazo o‘tashini davom ettirish uchun, shuningdek, ruhiy kasallikka chalingan shaxslarni majburiy davolash uchun berish va qabul qilish asoslari, shartlari hamda rad etish to‘g‘risidagi qoidalarni kiritish nazarda tutilgan.

Qonun xorijiy davlatlar sudlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish tartibi, shaxslarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar va boshqa masalalarga doir qoidalarni qamrab olgan.

Unda mahkumlarni jazoni o‘tashni davom ettirish yoxud ruhiy kasallikka chalingan shaxslarni majburiy davolash uchun O‘zbekistonga qabul qilish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi ham aniq belgilanmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Mavzuga oid