Jahon | 00:47 / 26.10.2024
7919
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyalik narkosavdogar Eskobar qabri oldida suratga tushganidan keyin qo‘lga olindi

Luiji Belvedere 2020 yil dekabrdan beri qidiruvda - u xalqaro giyohvand moddalar savdosi uchun sirtdan 19 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 

Foto: Polizia di Stato

Kolumbiya narkosavdogarlari uchun vositachilik bilan shug‘ullangan italiyalik erkak qariyb 4 yillik qochqindan keyin Janubiy Amerikada qo‘lga olindi, deb xabar beradi BBC.

Luiji Belvedere mashhur narkobaron Pablo Eskobarning karteli bazasi joylashgan Medelin shahrida ushlangan. Italiya politsiyasi Belvederening Eskobar qabri yonida turib tushgan suratini e’lon qildi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, italiyalik erkak Yevropadan qochib ketganiga qaramay, «Janubiy Amerikadan Yevropaga giyohvand moddalar yetkazlishini tashkillashtirishda faol ishtirok etib kelgan».

Belvedere 32 yoshida Italiya hukumati tomonidan eng xavfli qochoqlardan biri sifatida qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan. Neapol shimolidagi qishloqda dunyoga kelgan Luiji «noqonuniy kokain importi bilan shug‘ullangan» va mafia klanlari hamda Kolumbiyadagi kokain ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida muhim vositachi bo‘lgan.

Belvedere 2020 yil dekabrdan beri qidiruvda — u xalqaro giyohvand moddalar savdosi uchun sirtdan 19 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 

Yevropol Medelinda Belvedereni ushlash uchun kolumbiyalik tergovchilar bilan hamkorlikda ishlagan. 
Pablo Eskobar narkobiznesining markazi bo‘lgan ushbu shahar o‘z vaqtida dunyo kokain bozorining taxminan 80 foizini ta’minlagan. Eskobar faoliyati shu qadar murakkab bo‘lganki, u yetti yil davomida Forbes versiyasi bo‘yicha milliarderlar ro‘yxatidan tushmay kelgan. 

Avvalroq AQShda Meksika narkokarteli boshlig‘i Nemesioa Osegeraning zo‘ravonlik, qotillik, mamlakatdagi eng yirik va xavfli giyohvand moddalar savdosini boshqarishga yordam berishda aloqador o‘g‘li sud qilingan edi.

 

Mavzuga oid