Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston muzeylar boshqaruvi sohasida Abu-Dabi bilan tajriba almashadi
Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va Abu-Dabi madaniyat va turizm departamenti o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Hujjat O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisining birinchi o‘rinbosari Elmurod Najimov va Abu-Dabi madaniyat va turizm departamenti raisi o‘rinbosari Saud Abdulaziz Al Xosani tomonidan imzolandi.
Memorandum O‘zbekiston va Abu-Dabi muzeylarida ko‘rgazmalar tashkil etish, madaniy meros sohasida o‘zaro manfaatli tadqiqotlar o‘tkazish, madaniy merosni saqlash, muzeylar boshqaruvi, restavratsiya va boshqa sohalarda ko‘nikma hamda tajriba almashish, ta’lim sohasida loyihalarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Rasmiy qismdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqotda memorandumda qayd etilgan hamkorlikdagi ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida ikki tomondan mas’ullar tayinlandi va yaqin kunlarda tashkil etiladigan onlayn muloqot orqali chog‘ida tegishli chora-tadbirlarni belgilab olish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
11:50 / 22.02.2025
“Titanik” chekuv xonasidagi oltin qandil AQShda muzeyga qo‘yildi
13:30 / 11.02.2025
40 xonali katta bino – Navoiy tug‘ilgan kunda uning muzeyiga borish nega noqulay?
01:32 / 26.01.2025