Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Britaniya qo‘shma tahliliy marketing o‘rganishlarni tashkil etadi
O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, davlatimiz rahbari huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni vakillaridan iborat respublika Ishchi guruhi 13-19 oktyabr kunlari tashrif bilan London shahrida bo‘ldi.
Xizmat safari davomida, Ishchi guruh Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligi, Eksportni moliyalashtirish agentligi, Eksport va xalqaro savdo bo‘yicha malakali instituti, Standartlar instituti, Eksportchilari uyushmasi, Savdo palatasi va Savdo muhofazasi idorasi hamda Britaniya-Osiyo biznes kengashi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va ushbu tashkilotlarning davlat savdo-iqtisodiy siyosatidagi o‘rnini o‘rgandi.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida umumiy savdo aylanmasini oshirish, respublikaga investitsiyalar, grant va texnik ko‘makni jalb qilish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni jadallashtirish, tashqi savdoni tartibga solish tartib-taomillarni takomillashtirish sohalarida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma tahliliy marketing o‘rganishlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025