Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligida suv olish limiti xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi
Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston QXV va hududiy QXB tomonidan ishlab chiqiladi hamda xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
Prezident tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.
Fermer va dexqon xo‘jaliklari hamda boshqa suv iste’molchilarining qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hududiy qishloq xo‘jaligi boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladi hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi irrigatsiya bo‘limlari hamda maxsus xizmatlar negizida tashkil etilgan «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasalarining vazifalari va vakolatlari belgilandi.
Tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berilishini ta’minlash bo‘yicha fermer xo‘jaliklarining majburiyati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlar bekor qilinadi.
Mavzuga oid
20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi
12:15 / 28.04.2025
Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi
21:21 / 05.04.2025
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi
10:06 / 04.04.2025