Komil Allamjonovga suiqasd qilganlardan biri ushlandi - Bosh prokuratura
Hozirda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari davom ettirilayotgani aytilmoqda.
Prezident administratsiyasi sobiq xodimi Komil Allamjonovning Range Rover yo‘ltanlamasiga qarata o‘q uzganlardan biri gumonlanuvchi tariqasida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 26 oktyabr kuni 2 nafar noma’lum shaxs Qibray tumanida fuqaro S.S. boshqaruvidagi Range Rover rusumli mashinaga qarata o‘qotar quroldan bir necha marta o‘q uzib, qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilib, noma’lum tomonga yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97 (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) hamda 248 (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
So‘ng Bosh prokuratura, Toshkent viloyati, Toshkent shahar, Harbiy, Transport prokuraturalari hamda IIV, viloyat, Toshkent shahar IIBB, Bojxona qo‘mitasi xodimlaridan iborat tarkibda tergov-tezkor guruhi tuzilgan.
O‘tkazilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarning bir nafari aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
11:41 / 11.11.2024
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
23:45 / 08.11.2024
“Agar jurnalist haq bo‘lsa, biz uni tan olishimiz kerak” – prezident
16:18 / 28.10.2024
Komil Allamjonov avtomobiliga o‘q uzishda gumonlanib yana uch kishi ushlandi
23:51 / 27.10.2024