Jahon | 19:23 / 28.10.2024
897
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoda issiqxona gazlari 2023 yilda yangi maksimumga chiqqani ma’lum qilindi

Jahon meteorologiya tashkiloti hisobotiga ko‘ra, global isish va issiqxona gazlarining asosiy konsentratsiyasi oshishi natijasida eriyotgan muzliklar halokatli oqibatlarini yuzaga keltirmoqda.

Foto: Getty images

Global isish va issiqxona gazlarining asosiy konsentratsiyasi oshishi natijasida eriyotgan muzliklar halokatli oqibatlarni yuzaga keltirmoqda. Bu haqda Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, issiqxona gazlarining chiqishi yangi maksimumga qadar oshib, yana bir bor tezkor choralar ko‘rish muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatib bergan.

JMT bosh kotibi o‘rinbosari Ko Barrettning ma’lum qilishicha, karbonat angidrid gazi metan va azot oksidi bilan birga atmosferada «insoniyat tarixida eng tez» to‘planib qolayotgan asosiy issiqxona gazlaridan biri hisoblanadi.

Tashkilotning 2024 yil bo‘yicha hisoboti karbonat angidrid gazi miqdorining o‘sishini zudlik bilan kamaytirish kerakligiga ilmiy dalil bo‘lib xizmat qiladi. 2004 yilda atmosferadagi ushbu gaz miqdori har million zarraga 377,1 ni (ppm) tashkil etgan, 2023 yilda esa mazkur ko‘rsatkich 420 ga (ppm) yetgan.

«Bu har millionga 42,9 zarra oshgani yoki 20 yilda 11,4 foizlik o‘sish sodir bo‘ldi degani», — deydi Berrett.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dalillar tabiiy iqlim o‘zgaruvchanligi uglerod aylanishida katta rol o‘ynashini ko‘rsatmoqda. «Ammo yaqin kelajakda iqlim o‘zgarishining o‘zi ekotizimni issiqxona gazlarining yirik manbasiga aylanishiga olib kelishi mumkin», — deya ta’kidlaydi u.

Tahlillarda keltirilishicha, karbonat angidrid gazlarining qariyb yarmi atmosferada qoladi, chorak qismidan ortig‘i okeanga so‘riladi va 30 foizga yaqini quruqlikda saqlanib qoladi.

Mavzuga oid