Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Dubay shahzodasi Navoiyda lochin bilan tuvaloq ovladi
Dubay shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum har yili oktyabr oyida lochin bilan ov uyushtirish maqsadida O‘zbekistonga keladi. Shahzoda yaqinda o‘tkazilgan ov jarayonlari fotosuratlarini ulashdi.
Dubay shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum o‘zining Instagram sahifasida Navoiydagi lochin ovi fotosuratlarini e’lon qildi.
Navoiy shahridan 50 kilometr uzoqlikda Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli tuvaloq asrash maskani bor. Markaz Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Rashid Ol Maktum tashabbusi bilan 2008 yilning aprel oyida tashkil etilgan. Shahzoda Hamdan lochinlar bilan shu hududda tuvaloq ovlaydi.
Ma’lumot uchun, Hamdan ibn Muhammad Ol Maktum – Dubay amiri Muhammad ibn Roshid Ol Maktumning o‘g‘li, Dubay amirligining merosxo‘r shahzodasi, 1982 yilda tug‘ilgan. U juda faol hayot kechirishi bilan mashhur. Uning qiziqishlari doirasi kengligi hammani hayratga soladi. Shahzoda parashyutdan sakrash, suv ostiga sho‘ng‘ish, baliq ovi, lochin ovi, snoubording, velosport va sportning ko‘plab boshqa turlariga qiziqadi. «Fazza» taxallusi bilan she’rlar ham yozadi.









Mavzuga oid
09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
11:11 / 06.05.2025
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi
00:19 / 28.04.2025