Qoraqalpog‘istonda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Er-xotin va ularnikiga mehmonga kelgan yigit isitish qozonxonasi mo‘risidan chiqqan is gazidan zaharlangani aytilmoqda.
Nukus shahrida uch kishi is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
2024 yil 18 oktabr kuni soat 07:51 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish markazi Qoraqalpog‘iston filiali shifokori K.Yerejyepova IIBga Nukus shahri 23 kichik tumani 3/6-uyning 33-xonadonida yashagan 25 yoshli A.Ya., uning 23 yoshli xotini M.Ya va ularnikiga mehmonga kelgan 27 yoshli A.T is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar qilgan.
Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi yuborilib, olib borilgan surishtiruv ishlari davomida A.Ya, M.Ya. va A.T uyning isitish qozonxonasi mo‘risidan chiqqan is gazidan (ugar) zaharlanib vafot etgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:57 / 07.11.2024
Is gazi qanday qilib insonlar o‘limiga sabab bo‘ladi? FVV mas’uli izoh berdi
19:16 / 31.10.2024
Bekobodda ota va o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etdi
20:33 / 14.10.2024
O‘zbekiston FVV kunlar sovishi tufayli ogohlantirish bilan chiqdi
17:05 / 04.03.2024