GFR fuqaroligiga ega eronlik Eron rasmiylari tomonidan qatl etildi
Jamshid Sharmahd Eronda hibsda qatl etildi. Germaniya kansleri lavozimiga muxolifatdan nomzod Mets Eron hukumati tomonidan sodir etilgan «dahshatli jinoyat» haqida gapirdi.

Foto: Koosha Falahi/Mizan/dpa/picture alliance
Germaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan eronlik Jamshid Sharmahd hibsda qatl etildi. Bu haqda 28 oktyabr, dushanba kuni Eronning rasmiy adliya portali Misan xabar berdi.
Qatl ertalab sodir bo‘lgan, Eronda o‘lim jazosi odatda osish orqali ijro etiladi, deya aniqlik kiritdi dpa agentligi.
Huquq himoyachilari va ayniqsa, Sharmaxdaning AQShda yashovchi qizi oxirigacha mahkumni qutqarish uchun kurashdi.
Mers Eron rasmiylarining «dahshatli jinoyati» haqida gapirdi
Muxolifatdagi Xristian-demokratik ittifoq/Xristian-sotsial ittifoq (XDI/XSI) blokidan Germaniya kansleri lavozimiga nomzod Fridrix Mers Eron hukumati tomonidan «o‘ta dahshatli jinoyat» sodir etilganini e’lon qildi.
«Eron rejimi yana bir bor o‘zining g‘ayriinsoniy xarakterini namoyish etdi», — dedi siyosatchi. U Germaniya hukumatini voqeaga «qat’iy» javob berishga chaqirdi. «Eron bilan «sokin diplomatiya» yondashuvi muvaffaqiyatsizlikka uchradi», deb qo‘shimcha qildi Mers.
Mavzuga oid

17:24 / 12.03.2025
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025