Gurjiston bosh vaziri: Muxolifat va NNT konstitutsiyaviy tuzumga qarshi chiqyapti
Davlat mamlakatdagi konstitutsiyaviy tuzumni silkitishga yo‘l qo‘ymaydi - Irakliy Kobaxidze.
Gurjiston muxolifati va uni qo‘llab-quvvatlovchi nodavlat tashkilotlar konstitutsiyaviy tuzumga qarshi.
Bu haqda respublika bosh vaziri Irakliy Kobaxidze Tbilisida bo‘lib o‘tgan Vazirlar mahkamasi yig‘ilishida Gurjiston muxolifati va nodavlat notijorat tashkilotlarining 26 oktyabr kungi parlament saylovlari natijalariga munosabatini izohlar ekan, ma’lum qildi.
Gurjiston Vazirlar mahkamasi rahbari saylovlarda hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi g‘alaba qozonganiga yana bir bor e’tibor qaratdi.
«Mamlakatimizdagi saylovlar misli ko‘rilmagan darajada tinch muhitda o‘tdi», – dedi siyosatchi va Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini samarali deb atadi.
Kobaxidzening eslatishicha, Gurjiston muxolifat partiyalari va ularni qo‘llab-quvvatlovchi nodavlat tashkilotlar saylov natijalarini tan olishdan bosh tortadigan vaziyatga birinchi marta duch kelayotgani yo‘q.
Shu bilan birga, Gurjiston hukumati rahbari davlat muxolifat va nodavlat tashkilotlarning mamlakatdagi konstitutsiyaviy tuzumga putur yetkazishiga yo‘l qo‘ymasligiga ishontirdi.
Kobaxidzening ta’kidlashicha, hukumat uchun ustuvor vazifa Yevropa integratsiyasi yo‘li.
U hukmron partiyaning saylovlarda eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan muxolifat partiyasidan 890 ming ko‘p ovoz olganiga e’tibor qaratdi.
Kobaxidzening qayd etishicha, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasi tarqatgan ma’lumotlarga muxolifat ham qarshi.
Mavzuga oid
13:37 / 06.11.2024
Gurjistonda 30 ta uchastkada saylov natijalari bekor qilindi
23:25 / 04.11.2024
Gurjistonda minglab odamlar parlament saylovlari natijasiga qarshi mitingga chiqdi
15:24 / 03.11.2024
Gurjiston va Moldova saylovlari: Yevropa orzusi orzuligicha qoldimi?
12:10 / 02.11.2024