Jahon | 16:47 / 29.10.2024
10742
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlik biznesmen deyarli butun boyligini itiga meros qoldirdi

Marhumning xonadonidagi eshik og‘asi va oshpaz itga g‘amxo‘rlik qiladi.

Foto: AP

Hindistonlik tadbirkor Ratan Tata 118 million dollarga baholanayotgan boyligining katta qismini itiga vasiyat qildi. U jonivorga yetarlicha g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishini so‘ragan, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Ratan Tata oktyabr oyi boshida 86 yoshida vafot etdi. U oila qurmagan, farzandi ham yo‘q. Bunday hollarda Hindistonda barcha mol-mulkini aka-uka va opa-singillarga vasiyat qilish odat hisoblanadi.

Ammo tadbirkor o‘z mulkining juda oz qismini qarindoshlariga qoldirdi. Asosiy sarmoya nemis ovcharkasi Tito, itga g‘amxo‘rlik qiladigan eshik og‘asi va oshpaz o‘rtasida taqsimlandi.

Tata butun umri davomida hayvonlarga yaxshi munosabatda bo‘lgan. Tata Group bosh qarorgohidagi qorovullarga daydi it va mushuklarni haydash taqiqlangan.

“Bu vasiyatnoma boylik belgisi emas, balki uydagi jonivorlar va ikki eng yaqin yordamchisi unga bergan quvonch va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik ifodasi”, — deb ta’kidladi tadbirkorning yaqin do‘sti Suhel Set.

Avval floridalik ayol o‘limidan oldin dang‘illama uyi va katta merosini o‘zining 7 ta mushugiga vasiyat qilib qoldirgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid