O‘zbekiston | 07:30 / 29.10.2024
58132
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun asosan qaysi davlatga ko‘chib ketayotgani aytildi
Joriy yil yanvar–sentabr oylarida 8374 nafar O‘zbekiston fuqarosi xorijiy mamlakatlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketgan.
O‘zbekistondan doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (82,4 foiz) va Rossiyaga (14,2) yo‘l olgan.
Xususan, 9 oy davomida mamlakatdan ko‘chganlar soni quyidagicha:
- Qozog‘istonga - 6 903 kishi;
- Rossiyaga - 1 193 kishi;
- Qirg‘izistonga - 49 kishi;
- Janubiy Koreyaga - 60 kishi;
- Turkmanistonga - 30 kishi;
- boshqa mamlakatlarga - 139 kishi.
Taqqoslash uchun, 2023 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistondan 14 666 kishi chet elga doimiy yashash uchun ko‘chib ketgandi. O‘shanda ham eng ko‘p ko‘chish Qozog‘istonga (11 921 kishi) to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
08:30 / 12.10.2024
Ayrim shaxslarga O‘zbekiston hududiga kirish rad etilishi mumkin
07:25 / 05.09.2024
O‘zbekistonliklar turistik maqsadda qaysi davlatlarga ko‘proq borgani aytildi
08:25 / 27.07.2024
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun asosan qaysi davlatga ko‘chib ketayotgani aytildi
08:06 / 06.05.2024