RF Mudofaa vazirligi aloqa boshqarmasi sobiq boshlig‘i pora uchun hibsga olindi
Aleksandr Ogloblinga nisbatan 10 million rubl pora olgani uchun ish ochildi. Avvalroq general-mayor Bosh shtab boshlig‘i o‘rinbosariga qarshi ko‘rsatma bergan edi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi (RTQ) Bosh harbiy tergov boshqarmasi Rossiya Qurolli kuchlari aloqa bosh boshqarmasi 1-boshqarmasi sobiq boshlig‘i, general-mayor Aleksandr Ogloblinga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. U davlat mudofaa topshirig‘ini bajarish chog‘ida o‘ta yirik miqdorda pora olganlikda ayblanmoqda, deb xabar berdi Tergov qo‘mitasi 28 oktyabr, dushanba kuni.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-2021 yillarda Ogloblin Permdagi "Telta" telefon zavodi vakillaridan 10 million rubldan ortiq mablag‘ olgan. Ushbu pul uchun general-mayor Rossiya Mudofaa vazirligi uchun aloqa vositalarini yetkazib berish bo‘yicha "bir necha millionlik" davlat mudofaa buyurtmasini bajarishda "umumiy homiylik"ni va’da qilgan.
Moskvaning 235-garnizon harbiy sudi Ogloblinni tergov izolyatori (TIZO)ga yubordi.
Rossiyada general-mayor Mo‘minjonov 2 noyabrgacha hibsga olindi
Moskvadagi 235-garnizon harbiy sudi pora olishda gumon qilingan Leningrad harbiy okrugi qo‘mondoni o‘rinbosari Valeriy Mo‘minjonovni tergov talabini qanoatlantirib, hibsga oldi. TASS muxbirining 3 sentabr kuni sud zalidan xabar berishicha, general-mayorni 2 noyabrga qadar hibsda saqlash to‘g‘risidagi sud qarori hali kuchga kirgani yo‘q va himoya tomoni bu haqda apellyatsiya berish niyatida.
Mo‘minjonovaning advokati yopiq eshiklar ortida o‘tgan yig‘ilishda unga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida uy qamog‘ini qo‘llashni so‘radi. Leningrad harbiy okrugi qo‘mondoni o‘rinbosarining o‘zi aybini tan olmadi.
Mo‘minjonovning hibsga olingani bir kun avval ma’lum bo‘ldi, Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi unga nisbatan juda katta miqdorda pora olgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilganini bildirdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining resurslar bilan ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan va Rossiya armiyasini kiyim-kechak bilan ta’minlash uchun javobgar bo‘lganida 20 million rubldan ortiq miqdorda pora olgan. Valeriy Mo‘minjonov, Tergov qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, Mudofaa vazirligi manfaatlarini ko‘zlab, shu jumladan Rossiya Federatsiyasi harbiy amaliyotlari zonasida kiyim-kechak yetkazib berish bo‘yicha tijorat kompaniyalari bilan 1,5 milliard rubldan ortiq shartnomalar tuzishga «ko‘maklashgan».
«Tergov davomida Mo‘minjonov va uning oila a’zolari Moskva va Voronej shaharlarida qiymati 120 million rubldan ortiq bo‘lgan ko‘plab ko‘chmas mulk obektlariga ega ekani aniqlandi, ularni sotib olishning qonuniyligi tekshirilmoqda», — deyiladi RF Tergov qo‘mitasi xabarida.
Mavzuga oid
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
11:22 / 12.11.2024
Shimoliy Koreyadan qochganlar RFdagi KXDR kuchlari orasida dezertirlikka erishmoqchi
10:30 / 11.11.2024
RF Zaporijjya va Mikolayivga zarba berdi: kamida besh kishi halok bo‘ldi
11:59 / 08.11.2024