Iqtisodiyot | 07:20 / 30.10.2024
26977
2 daqiqa o‘qiladi

2025 yilda ish haqi va pensiyalarni oshirishga qancha mablag‘ ajratilishi ma’lum qilindi

Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun respublika budjetidan 2025 yilda ajratilayotgan mablag‘larning cheklangan miqdorlari ochiqlandi.

Foto: Kun.uz

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “2025 yil uchun O‘zbekiston davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi va Budjetnoma ishlab chiqilganini e’lon qildi.

Qonun loyihasida birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun respublika budjetidan 2025 yilda ajratilayotgan mablag‘larning cheklangan miqdorlari keltirilgan. Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini, shuningdek ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun bu miqdor 6,6 trillion so‘mni so‘mni tashkil etishi belgilanmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari ham keltirilgan.

2025 yilda yalpi ichki mahsulotning 6 foiz o‘sishi prognoz qilingan. Yalpi ichki mahsulotning ko‘zlangan o‘sish sur’atlari sanoatda ishlab chiqarishni 6,1 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,1 foizga, bozor xizmatlari 14,5 foizga o‘sishi hisobiga ta’minlanishi prognoz qilinmoqda.

2025 yil uchun davlat budjeti daromadlari 308,5 trln so‘m, xarajatlari esa 344,6 trln so‘m miqdorida belgilanmoqda.

Mavzuga oid