Jahon | 14:00 / 30.10.2024
874
3 daqiqa o‘qiladi

Borrel Gurjiston saylovlari bo‘yicha «shaffof tekshiruv»ni talab qildi

Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, xalqaro kuzatuvchilar Gurjistondagi parlament saylovlarida qonunbuzarliklarni qayd etgan va ularni «erkin va adolatli» deb tan olishmagan.

Foto: TASS/AP/Zurab Tsersvadze

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Gurjistondagi parlament saylovlaridagi soxtalashtirishlar bo‘yicha «shaffof tekshiruv» o‘tkazishga chaqirdi. «Gurjiston Markaziy saylov komissiyasi va tegishli organlar kuzatuvchilar tomonidan bildirilganidek, jarayonga jamoatchilik ishonchiga ta’sir ko‘rsatuvchi qonunbuzarliklar, bosim va saylovchilarni qo‘rqitish holatlarini tekshirishi kerak. Bu qonunbuzarliklar tezkor, shaffof va mustaqil ravishda hal qilinishi kerak», — deyiladi Yevropa tashqi siyosat xizmati tomonidan 29 oktyabr, seshanba kuni e’lon qilingan bayonotda

Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari 26 oktyabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan keyin Gurjistondagi voqealarni «juda xavotirli» deb atadi. Borrelning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro kuzatuvchilar saylov kampaniyasi davomida ham, saylov kuni ham qonunbuzarliklarni qayd etgan va ular «shuningdek, saylovlarni erkin va adolatli deb tan olishmagan».

Gurjiston bosh vaziri: Muxolifat va NNT konstitutsiyaviy tuzumga qarshi chiqyapti

Gurjiston muxolifati va uni qo‘llab-quvvatlovchi nodavlat tashkilotlar konstitutsiyaviy tuzumga qarshi.

Bu haqda respublika bosh vaziri Irakliy Kobaxidze Tbilisida bo‘lib o‘tgan Vazirlar mahkamasi yig‘ilishida Gurjiston muxolifati va nodavlat notijorat tashkilotlarining 26 oktyabr kungi parlament saylovlari natijalariga munosabatini izohlar ekan, ma’lum qildi.

Gurjiston Vazirlar mahkamasi rahbari saylovlarda hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi g‘alaba qozonganiga yana bir bor e’tibor qaratdi.

«Mamlakatimizdagi saylovlar misli ko‘rilmagan darajada tinch muhitda o‘tdi», – dedi siyosatchi va Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini samarali deb atadi.

Kobaxidzening eslatishicha, Gurjiston muxolifat partiyalari va ularni qo‘llab-quvvatlovchi nodavlat tashkilotlar saylov natijalarini tan olishdan bosh tortadigan vaziyatga birinchi marta duch kelayotgani yo‘q.

Shu bilan birga, Gurjiston hukumati rahbari davlat muxolifat va nodavlat tashkilotlarning mamlakatdagi konstitutsiyaviy tuzumga putur yetkazishiga yo‘l qo‘ymasligiga ishontirdi.

Kobaxidzening ta’kidlashicha, hukumat uchun ustuvor vazifa Yevropa integratsiyasi yo‘li.

U hukmron partiyaning saylovlarda eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan muxolifat partiyasidan 890 ming ko‘p ovoz olganiga e’tibor qaratdi.

Kobaxidzening qayd etishicha, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyasi tarqatgan ma’lumotlarga muxolifat ham qarshi.

Mavzuga oid