Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 11:00 / 30.10.2024
1511
1 daqiqa o‘qiladi
O‘rta tadbirkorlik sub’yektlari 9 oyda qancha soliq to‘lagani aytildi
O‘zbekistonda 2024 yilning yanvar-sentabr oylarida 18 585 ta o‘rta tadbirkorlik sub’yekti tomonidan 18,6 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.
Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shundan 391,7 mlrd so‘mi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
Ularning jami tovar aylanmasi 1,5 trln so‘mdan ziyod, qo‘llagan soliq imtiyozlari 27,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Ushbu korxonalar tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS — 136,7 mlrd so‘m;
- foyda solig‘i — 92,2 mlrd so‘m;
- aksiz solig‘i — 87,7 mlrd so‘m;
- JShODS — 37,5 mlrd so‘m;
- ijtimoiy soliq — 20,9 mlrd so‘m;
- boshqa soliqlar — 16,8 mlrd so‘m.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
14:26 / 29.04.2025