Jahon | 09:30 / 31.10.2024
3134
3 daqiqa o‘qiladi

RF transchegaraviy savdo bozoriga kirishni cheklamoqchi

«Rossiya pochtasi» hukumatga Rossiya Federatsiyasiga xorijdan tovarlar yetkazib beruvchi internet-do‘konlar qoidalarini kuchaytirishni taklif qildi. Bu g‘oya allaqachon Transchegaraviy savdo va tezkor yetkazib berish uyushmasi tomonidan tanqid qilingan.

Foto: Denis Sinyakov dlya RBK

«Rossiya pochtasi» Rossiya hukumatiga elektron tijorat operatorlari reyestriga kiritish uchun qo‘shimcha shartlarni qabul qilishni taklif etdi. Bu haqda RBK 30 oktyabr, chorshanba kuni Raqamli rivojlanish vazirligi rahbari Maqsut Shadayevning iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovga yo‘llagan maktubiga asoslanib xabar berdi, unga «Rossiya pochtasi»ning takliflari ilova qilingan. 

Nashr eslatishicha, 2024 yil avgustida Rossiya Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) Bojxona kodeksiga elektron tijorat operatorlari reyestrini yaratishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni ratifikatsiya qilgan. U xorijiy onlayn-do‘konlardan tovarlar bojxona deklaratsiyasini amalga oshiradigan kompaniyalarni o‘z ichiga olishi kerak.

YeOII ushbu reyestrga kiritishning umumiy mezonlarini joriy etgan bo‘lsa-da, a’zo mamlakatlarga ushbu ro‘yxatni milliy darajada qo‘llanadigan mezonlar bilan to‘ldirish imkoniyatini qoldirdi.

«Rossiya pochtasi» tomonidan taqdim etilgan shartlar orasida kompaniyaning Rossiyada jismoniy mavjudligi, Ichki ishlar vazirligi bilan idoralararo elektron hamkorlikning yagona tizimiga ulanishi, hisobda kamida 3 million yevro avans to‘lovlari balansining mavjudligi va minimal ustav kapitali 100 million rubl bo‘lishi bor.

FT: Turkiya AQShdan RFga harbiy mahsulotlar olib kirishni taqiqladi

Vashington Anqarani savdoni to‘xtatmasa, oqibatlari haqida ogohlantirganidan keyin Turkiya Rossiyaga Amerika harbiy tovarlarini eksport qilishni yashirincha taqiqladi. Bu haqda Britaniyaning Financial Times (FT) gazetasi 22 oktyabr kuni uch manbaga tayanib xabar berdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Anqara o‘zining bojxona tizimlariga Vashington va uning G‘arb ittifoqchilari Ukrainada jang qilayotgan Rossiya uchun muhim deb hisoblagan qirqdan ortiq tovarlarning eksportiga to‘sqinlik qilish uchun o‘zgarishlar kiritgan.

Turkiyaning elektron bojxona tizimi endi «jang maydoni uchun tovarlar»ni Moskvaga jo‘natishga ruxsat bermaydi. Ikki manbaning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqining shunga o‘xshash mahsulotlari ham avvalroq bloklangan.

Mavzuga oid