Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Britaniya grantlarini jalb etadi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil 21-25 oktyabr kunlari Edinburg shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro elektrotexnika komissiyasi Bosh Assambleyasida ishtiroki tashkil etildi.
Bosh Assambleya doirasida Agentlik rahbariyati Britaniya standartlar instituti vakili Ping Yu bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston va Britaniya standartlashtirish sohasida hamkorlik munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, aloqalar ko‘lamini kengaytirish, tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, sohaga axborot texnologiyalarini joriy etish, standartlar tarjimasi, Britaniya hukumati va xalqaro grantlarni jalb etish va respublika kadrlarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida mamlakatlar o‘rtasida texnik tartibga solish, standartlashtirish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Standartlashtirish, mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarni sertifikatlash, menejment tizimlarini sertifikatlash, trening va o‘quv kurslari, savdoda texnik to‘siqlarni qo‘llash bo‘yicha kelishuv va Jahon savdo tashkilotining axborot markazini boshqarish kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025