O‘zbekiston | 17:13 / 01.11.2024
15261
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident bozorlarda narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishni buyurdi

Oziq-ovqat zaxira qilish ishlaridagi kamchiliklar tufayli ayrim hududlarda kartoshka va go‘sht narxi o‘sgani qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbari mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligi masalalariga ham e’tibor qaratdi.

Qayd qilinishicha, oziq-ovqat zaxira qilish ishlaridagi kamchiliklar tufayli ayrim hududlarda kartoshka va go‘sht narxi o‘sgan. Respublika bo‘yicha 18 ta tuman va shaharda bozorlarni go‘sht, kartoshka, sabzi, piyoz va guruch bilan uzluksiz ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani, oziq-ovqat jamg‘armalari uchun Sirdaryo, Xorazm va Toshkent shahrida mahalliy budjetdan mablag‘ ajratilmagani tanqid qilindi.

Bosh prokuratura, Raqobat qo‘mitasi va boshqa mas’ul idoralarga zaxira yaratish va narx ustidan monitoring qilish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlar tuzish, narx eng yuqori o‘sgan tuman va shaharlarda bozorlarni barqarorlashtirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish topshirildi.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari oldiga 620 ming tonna mahsulot zaxirasini yaratish vazifasi qo‘yildi.

Mavzuga oid