Sport | 18:07 / 01.11.2024
2830
1 daqiqa o‘qiladi
Ruben Amorim – «MYu» bosh murabbiyi
«Manchester Yunayted» klubi Ruben Amorim jamoa bosh murabbiyiga aylanganini rasman e’lon qildi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, portugaliyalik 39 yoshli mutaxassis bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzolangan. Kelishuvda shartnomani yana bir yilga uzaytirish bandi kiritilgan.
Manchester klubi «Sporting» klubiga Amorim uchun tovon puli sifatida 10 million yevro to‘lab beradi. Ruben 11 noyabr, dushanba kunidan jamoaga qo‘shiladi. Ungacha klubni «Chelsi» (2 noyabr), «PAOK» (7 noyabr) va «Lester»ga qarshi o‘yinga Rud van Nistelroy boshlab tushadi.
Avvalroq, Amorim «MYu»da yillik 8 million yevro maosh olishi haqida xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
16:20 / 02.11.2024
«MYu»da yangi bosh murabbiy. Klub Ruben Amorimni tanlashiga 4 sabab
17:38 / 28.10.2024
«MYu» Erik ten Hagni iste’foga chiqardi
11:34 / 30.09.2024