Toshkentda yo‘l talashgan haydovchilar o‘zaro janjallashdi
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar fuqaro o‘zaro janjallashgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB
25 oktyabr kuni taxminan soat 18:20 larda Matiz va Spark haydovchilari 1998 yilda tug‘ilgan M.J. va 1997 yilda tug‘ilgan U.S. Yangi Sergeli ko‘chasida harakatlangan vaqtida yo‘l talashgan.
So‘ng haydovchilar avtomashinasidan tushib, yo‘lning qatnov qismida jamoat tartibini buzib o‘zaro urishgan. Haydovchilar bu holat yuzasidan IIOga murojaat qilmagan.
Holat yuzasidan haydovchilarga nisbatan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etilgan.
Mavzuga oid

08:34 / 17.05.2025
Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlandi

18:39 / 16.05.2025
O‘zbekiston yo‘llaridagi barcha radar va kameralar yil oxirigacha to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi

18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi

17:20 / 16.05.2025