Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston stomatologlari Ispaniyada ilg‘or implantologiya texnologiyalarini o‘zlashtirdi
Joriy yilning 18-25 oktyabr kunlari bir guruh O‘zbekiston stomatologlari implantologiya sohasidagi dolzarb yutuqlarga bag‘ishlangan ixtisoslashtirilgan seminarda ishtirok etish uchun Ispaniyada bo‘ldi.
O‘zbekistonlik mutaxassislarning safari mamlakat elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.
Seminar bilim va tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘ldi. O‘zbekiston vakillari implantatsiyaning aniqligi va xavfsizligini oshirishda yangi imkoniyatlar ochadigan eng ilg‘or diagnostika va jarrohlik usullari bilan tanishdilar.
O‘quvlar davomida, shuningdek, o‘zbekistonlik stomatologlar nafaqat o‘z malakalarini oshirdilar, balki yangi professional aloqalar o‘rnatdilar. Bu o‘zaro hamkorlik mamlakatlar o‘rtasida ushbu yo‘nalishdagi munosabatlar istiqbollarini ochib beradi.
Safar yakunlari bo‘yicha muloqotni davom ettirish hamda O‘zbekiston va Ispaniya tibbiyot muassasalari mutaxassislarining o‘zaro o‘quv tashriflarini tashkil etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
13:40 / 24.05.2025
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
18:05 / 21.05.2025
Madrid yaqinida ukrainalik siyosatchi Andrey Portnov otib ketildi. U Yanukovichning sobiq safdoshi edi
18:13 / 20.05.2025
Ispaniyada internet va mobil aloqa uzilib qoldi
18:21 / 18.05.2025