Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy O‘zbekistonda "yashil" texnologiyalar tadqiqot markazini barpo etishi mumkin
O‘zbekistonning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari Xitoyning Inwinic Technology (Shenzhen) Co. kompaniyasi direktori Van Jiye bilan bilan uchrashdilar.
Suhbat davomida Xitoyning avtomobilsozlik sohasida yaratilayotgan "yashil" texnologiyalardan foydalanish tajribasini O‘zbekistonga tatbiq etish hamda mamlakatlar o‘rtasida ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Xitoy Ta’lim vazirligi va Urumchi professional ta’lim universiteti bilan hamkorlikda davlat grant mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston hududida avtomobilsozlik sohasidagi "yashil" texnologiyalarni o‘rganishga ixtisoslashgan o‘quv-ilmiy tadqiqot markazini barpo etish loyihasini amalga oshirish masalasini ishlab chiqishga kelishib olindi.
Kompaniya rahbariyatining joriy yil noyabr oyida O‘zbekistonga safarini uyushtirish va loyihaning iqtisodiy-texnik asoslarini tayyorlash to‘g‘risida kelishildi.
Mavzuga oid
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025