Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yil energetika korxonalari uchun tejamkorlik va samaradorlik yili bo‘lishi qat’iy belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 noyabr kuni elektr energetikasi sohasini transformatsiya qilish, hududlardagi elektr tarmoqlari boshqaruviga xususiy operatorlarni jalb qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Qayd qilinishicha, tarmoqdagi 4 ta korxona – «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari», «Hududiy elektr tarmoqlari», «Issiqlik elektr stansiyalari» hamda «O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyatlari xalqaro kredit reytingini olishga erishgan. Endigi qadam – transformatsiya orqali raqobatbardosh kompaniyalarga aylanish.
Yig‘ilishda shu boradagi chora-tadbirlar muhokama qilindi. Har bir energetika korxonasining birinchi galdagi vazifasi tannarxni kamaytirish ekani ta’kidlandi. Bunga loyihalarni maqbullashtirish, yo‘qotishlarni kamaytirish va xaridlarni takomillashtirish orqali erishish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
Taqsimlash tarmoqlarini xususiy sheriklik asosida investorlarga berib, ularni modernizatsiya qilishga 4 milliard dollar investitsiya jalb qilish mumkin. Shu maqsadda kelgusi yilda Samarqand, Jizzax va Sirdaryodagi tarmoqlar boshqaruviga xususiy operatorlarni jalb etish rejalashtirilmoqda.
O‘tgan yili qabul qilingan energetikada raqobat bozorini tashkil etish konsepsiyasi doirasida tarmoq korxonalari transformatsiyasini tezlashtirish, ularda zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Kelgusi yil energetika korxonalari uchun tejamkorlik va samaradorlik yili bo‘lishi qat’iy belgilandi. Tarmoq kompaniyalarini quyi bo‘g‘ingacha transformatsiya qilish va raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi.
Mutasaddilar ushbu korxonalarda xarajatlarni samarali boshqarish bo‘yicha rejalarini bayon qildi.
Mavzuga oid
07:51 / 15.01.2025
O‘zbekiston prezidenti BAA bilan yirik energetika loyihalarini amalga oshirishni muhokama qildi
17:39 / 14.01.2025
Tojikiston MO davlatlari orasida energetik o‘tish indeksi bo‘yicha yetakchiga aylandi
12:42 / 12.01.2025
Uchta viloyatda energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi
10:05 / 05.01.2025