“Chet elda keshbek”ga qanday ega bo‘lish mumkin: Mastercard'ning yangi dasturi bo‘yicha gid
Mastercard kartalari chet el safarida 750 ming so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi. Kafe, restoran va taksida amalga oshirilgan to‘lovlar uchun keshbek avtomatik ravishda hisoblanadi.
1 oktyabrda Mastercard O‘zbekistonda “Chet elda keshbek” yangi dasturini joriy qildi. 2024 yil 31 dekabrga qadar istalgan chet el mamlakatida taksi haqi, restoran va kafelarda hisob-kitobda Mastercard kartasi bilan to‘lov qilganda foydali keshbekka ega bo‘ladilar
Asosiy shartlar:
● Dasturda qatnashish uchun O‘zbekiston soliq rezidenti bo‘lish va mahalliy bank chiqargan Mastercard kartasiga ega bo‘lish yetarli;
● To‘lovlar O‘zbekiston hududidan tashqarida va taksi hamda umumiy ovqatlanish maskanlarida amalga oshirilishi lozim.
“Chet elda keshbek” – bu sayohatlar, ta’til va xizmat safarlari vaqtida ovqatlanish va transportga xarajatlarni qisqartirishning ajoyib usuli.
Chet eldagi tushlik, kechki ovqat yoki tamaddi uchun 5% keshbek
“Chet elda keshbek” dasturi O‘zbekistondan tashqarida restoranlar va kafelarda sarflangan summaning 5 %ini qaytaradi. Nonushta, tushlik yoki kechki ovqat uchun to‘lov qilayotgan kishi avtomatik ravishda, 3–14 kun ichida kartasiga pulning bir qismini qaytarib oladi. Bitta tranzaksiya uchun qaytariladigan maksimal summa – 35 000 so‘m. Har oyda 500 ming so‘mgacha qaytarib olish mumkin.
Masalan, Venetsiya restoranidagi ikki kishilik kechki ovqat 80-100 yevro turishi mumkin. Binobarin, keshbekning maksimal summasi 35 000 so‘mni tashkil qiladi.
Bu pulga bejirim yodgorlik suveniri xarid qilish yoki jyelateriyada mahalliy muzqaymoq tatib ko‘rish mumkin.
Taksi xizmati uchun 10% keshbek
Chet elda taksi ham Mastercard bilan foydaliroq bo‘ladi, chunki kartaga har qatnovdan naq 10% qaytib beriladi. Bitta tranzaksiya uchun keshbekning maksimal summasi – 35 000 so‘m. Shu tariqa bir oyda 250 000 so‘mgacha tejash mumkin.
Dastur jamoat transporti unchalik rivojlanmagan, piyoda sayr qilish esa mushkul bo‘lgan shaharlarda ayniqsa ko‘p foyda keltiradi. Chunonchi, masalan, Dubay avtomobilchilar uchun loyihalashtirilgan. Uzoq yo‘llar va magistrallar yayov yurishni nafaqat sercharchoq, balki xavfli ham qiladi. Issiq ob-havo vaziyatni yanada qiyinlashtiradi – yaqin bekatgacha borish chinakam sinovga aylanadi. Bunday sharoitda taksi – qulay harakatlanish vositasigina emas, balki, katta zaruratdir.
Dubay-Marina mavzesida joylashgan mehmonxonadan Dubai Mall savdo markazigacha bitta qatnov taxminan 70 dirham ($20)ga tushadi, keshbek esa, 7 dirham ($2)ni tashkil qiladi. Bu pulni diqqatga sazovor joylarni tomosha qilishda tashnalikdan qiynalmaslik uchun bir necha butilka suvga sarflash mumkin.
Keshbek qanday olinadi?
“Chet elda keshbek” dasturi bo‘yicha keshbek olish uchun karta sohibi hech qanday shakl to‘ldirishi yoki so‘rov yuborishi shart emas – hammasi avtomatik bajariladi.
Karta sohibi har gal to‘lov qilganda, Mastercard xarajat tegishli toifaga kirish-kirmasligini aniqlaydi. Barcha jarayonlar mutlaqo shaffof: keshbekni bankning mobil ilovasida yoki karta bo‘yicha ko‘chirmada osongina kuzatish mumkin. Odatda pul qaytarilishi balansda to‘lovdan keyin 3–14 kun ichida aks etadi.
To‘lov qanday valutada amalga oshirilgan bo‘lsa ham, keshbek so‘mda hisoblanadi. “Chet elda keshbek” dasturi faqat jismoniy shaxslar kartalarini qamrab oladi va yuridik shaxslar hamda xususiy tadbirkorlar uchun chiqarilgan Mastercard biznes-kartalari uchun amal qilmaydi.
Batafsil ma’lumot uchun: https://www.mastercard.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
16:35 / 19.10.2024
“Hamma mamlakatda ham rasmiy vakolatxona ochavermaymiz” - Mastercard vakili
19:00 / 23.01.2024
Mastercard aksiya e’lon qiladi: jamoat transportida 1000 so‘mga qatnash
14:30 / 17.10.2023
Toshkentda Ipak yo‘li mamlakatlari direktorlarining biznes sammiti bo‘lib o‘tadi
08:59 / 29.09.2023