Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Ukraina hali ham Polshadan MiGni kutmoqda
Ukraina prezidenti NATO bilan kelishuv haqida gapirdi.
Ukraina hali ham Polshadan MiG-29 qiruvchi samolyotlarini olishni istaydi, ammo Polsha tomoni bu samolyotlarni taqdim etmayapti. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Karpatorti hududiy jamoatlari va rayonlari rahbarlari bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi «Ukrinform».
Zelenskiy NATO bilan Polshada Boltiqbo‘yi mamlakatlari misolida havo kengliklarini qo‘riqlash missiyasini tashkil etishni nazarda tutuvchi kelishuv haqida gapirdi.
«Biz NATO bilan ular politsiya missiyasini ajratishiga kelishib oldik, ya’ni o‘z samolyotlari bo‘lmagan, ammo shunday missiyaga ega Boltiqbo‘yidagi do‘stlarimiz kabi, biz bu haqda kelishib oldik, ammo shundan keyin Polsha samolyotlarni bizga topshirdimi? Yo‘q. Boshqa bahona topildimi? Ha», — dedi prezident.
U, shuningdek, Polsha bilan «Polsha hududi tomon uchayotgan Rossiya raketalarini urib tushirish bo‘yicha» maslahatlashuvlar haqida gapirdi.
«Biz ulardan doimiy ravishda Polsha tomon yo‘l olgan raketalarni urib tushirishni so‘radik. U yerda «Striy» gaz ombori bor... Bizda gaz omborini himoya qilish uchun tegishli tizimlar soni yo‘q. Polshadagilar-chi? Urib tushiryaptimi? Yo‘q. Polyaklar, agar NATO bizni qo‘llab-quvvatlasa, bu qarorda yolg‘iz qolmasak, urib tushirishga tayyormiz, deyishdi», — deya xulosa qildi Zelenskiy.
Mavzuga oid
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
22:39 / 18.05.2025