O‘zbekiston | 19:00 / 05.11.2024
2693
2 daqiqa o‘qiladi

"Kelajak liderlari" maxsus malaka oshirish dasturining yangi mavsumiga start berildi

Foto: MDIS

Joriy yilning 4 noyabr kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida "Kelajak liderlari" maxsus malaka oshirish dasturining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va institut rahbariyati, mas’ul vakillari, hamkorlar, dastur ishtirokchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

O‘quv dasturi davlat fuqarolik xizmatida faoliyat yuritayotgan o‘rta bo‘g‘in boshqaruv rahbarlarining strategik fikrlash, tizimli tahlil, sun’iy intellekt asoslari va qo‘llanishi, muloqot madaniyati, muammolarni manzilli hal etish, islohotlar va jadal rivojlanish davrida transformatsion liderlik bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Dasturning bu galgi mavsumi uchun ham respublikaning 14 ta hududida faoliyat olib borayotgan, Milliy kadrlar zaxirasidagi salohiyatli davlat xizmatchilari orasidan 50 nafari saralab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram: t.me/ilkhom_mamatkulov

Instagram: www.instagram.com/mdis.tashkent

Feysbuk: facebook.com

Reklama

Mavzuga oid