Kreml rossiyaparast nomzod mag‘lubiyatidan keyin Moldovadgi prezidentlik saylovlarini «adolatsiz» deb atadi
RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Rossiyada yashovchi «yuz minglab» Moldova fuqarolarida ovoz berish imkoniyati bo‘lmagan.

Foto: AP
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moldovada o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarini «na adolatli, na demokratik» deb atab bo‘lishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada yashovchi «yuz minglab» Moldova fuqarolarida ovoz berish imkoniyati bo‘lmagan.
«Moldovaning Yevropa davlatlarida ishlovchi fuqarolaridan farqli o‘laroq, mamlakat aholisining katta qismida ovoz berish imkoniyati bo‘lmadi», — deydi Peskov. Shuningdek, u Moldova hukumatini Rossiya bilan «o‘zaro munosabatlarni cheklashda» va Rossiyaga qarashli OAVga bosim o‘tkazishda, mamlakatda «axborot makonini sterilizatsiya qilishda» aybladi. «Bu, albatta, o‘z fuqarolarining turli ma’lumotlarni olish borasidagi huquqlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri cheklash hisoblanadi», — deya qo‘shimcha qildi Peskov.
Bundan tashqari, Rossiya prezidenti matbuot kotibining fikricha, Dnestrbo‘yi aholisi Moldovaning hozirgi rahbariyatini «qo‘llab-quvvatlashga» moyil emas. «Bu jiddiy sa’y-harakatlarni talab qiladigan muammo», — deydi Peskov. Uning ta’kidlashicha, mazkur muammolarni hal etish uchun hozirda yetishmayotgan «konstruktiv yondashuv» kerak.
Moldovada prezidentlik saylovlari ikki turda bo‘lib o‘tdi: birinchi tur 20 oktyabr kuni, ikkinchisi esa 3 noyabrda o‘tkazildi. Ikkinchi tur yakunlari bo‘yicha amaldagi prezident Mayya Sandu 55,33, uning rossiyaparast raqibi Aleksandr Stoyanogloda esa 44,67 foiz ovoz to‘pladi.
Protokollarning 90 foizi hisob-kitob qilingan vaqtda Stoyanoglo 50,81 foiz bilan yetakchilik qilayotgan edi — bu vaqtda Sanduda 49,19 foiz ovoz bo‘lgan. Ammo xorijda yashovchi Moldova fuqarolarining ovozlari hisobga qo‘shilganidan keyin vaziyat o‘zgardi. Ularning qo‘llab-quvvatlovi ostida Sandu o‘zib ketdi. Xorijdagi moldovalik saylovchilarning 82 foizi Sanduga ovoz berdi. Saylovlarda jami 1,7 million kishi ishtirok etdi, ularning 304 mingdan ortig‘i — xorijda yashovchi moldovanlardir.
Mayya Sandu 2020 yildan beri Moldova prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. Uning rahbarligi ostida mamlakat YeIga a’zolik arizasini berdi va nomzod maqomini qo‘lga kiritdi. Aleksandr Stoyanoglo ham Yevropa Ittifoqi bilan integratsiya tarafdori hisoblanadi, ammo u bir vaqtning o‘zida Rossiya bilan munosabatlarni rivojlantirishga chaqiradi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Mavzuga oid

10:33 / 05.04.2025
Rossiya Moldovaning uch diplomatini chiqarib yuboryapti

21:06 / 02.04.2025
WSJ: AQSh deportatsiya qilinadigan migrantlarni Moldovaga jo‘natmoqchi

08:05 / 29.03.2025
Moldova Gagauziya rahbarini hibsga oldi

18:18 / 13.02.2025