O‘zbekiston va Italiya mevali bog‘ va tokzorlarni barpo etish bo‘yicha hamkorlik qiladi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi rahbari Nurali Abdullayev boshchiligidagi vazirlik va idoralar mas’ullaridan iborat delegatsiyaning Italiyaga tashrifi tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA
Tashrif mevali bog‘ va tokzorlarni barpo etish, ko‘chat yetishtirish va ularni sertifikatlashtirish bo‘yicha Italiyaning ilg‘or tajribasini o‘rganish maqsadida uyushtirildi.
Delegatsiya a’zolari Italiyaning yirik ko‘chatchilikka ixtisoslashgan va invitro laboratoriyalari, xususan, Vitroplant Italia, Battistini Vivai, Mazzoni Group, Salvi Vivai kompaniyalari hamda Italiya ko‘chatchilik markazi (CAV) faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Italiya Ko‘chatchilar uyushmasi milliy konsorsiumi tomonidan meva, zaytun, sitrus va rezavor ko‘chatchiligi sohasida ushbu mamlakatda sertifikatlash dasturini amalga oshirish to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.
O‘zbekiston vakillari gilos, olma, o‘rik, nok, qulupnay va boshqa meva ko‘chatchiligi tizimi va uni sertifikatlash jarayoni bo‘yicha atroflicha ma’lumot oldilar.
Italiya Ko‘chatchilar uyushmasi va boshqa kompaniyalar bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid

11:54 / 31.03.2025
Italiya Rossiyani YeI obekti ustidan dron uchirganlikda gumon qilmoqda

16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

19:21 / 20.02.2025
Italiyalik jurnalistlar josuslik dasturi sabab hukumat ustidan prokuraturaga shikoyat qildi

00:09 / 20.02.2025