Prezident maxsus vakili Finlandiya tinchlik fondi ekspertlari bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev va Finlandiyaning Martti Ahtisaari tinchlik fondi notijorat tashkiloti ekspertlari doktor Edvard Markes va Otto Turtonen o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: TIV
TIV ma’lumotiga ko‘ra, fond vakillari O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatishdagi muhim rolini ta’kidladilar.
Shuningdek, turli tomonlar o‘rtasida muloqotni qo‘llab-quvvatlash, tadqiqot o‘tkazish va bu boradagi strategiyalarni ishlab chiqish uchun O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Afg‘onistonda tinch yo‘l bilan hal etish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdan manfaatdorligini bildirdilar.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha afg‘on masalasini hal qilish uchun muloqot va fikr almashishni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid

01:36 / 19.05.2025
Trampning Putinga nisbatan sabri tugashni boshladi - Finlandiya prezidenti

15:43 / 14.05.2025
O‘zbekiston va YeI afg‘on kelishuvi masalasida muzokara o‘tkazdi

21:39 / 28.04.2025
Rossiya Yevropa bilan chegaradagi harbiy qismlarini kengaytirmoqda

14:29 / 04.04.2025