Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda o‘zbekistonlik haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi “Maysiy” postida o‘zbek haydovchisini qozoq yigitlar pichoqlagani haqida xabarlar tarqaldi. Transport vazirligi holat yuzasidan izoh berdi.
Chegaradagi “S.Najimov – Kazigurt” nazorat-o‘tkazish punktida sodir bo‘lgan hodisa, shuningdek, “Kurmangazi” chegara o‘tish punktida Astraxan shahri yo‘nalishida yuk avtotransport vositalarining to‘planib qolish holati yuzasidan Qozog‘iston Transport vazirligi va boshqa tegishli idoralari bilan muzokaralar olib borildi.
Muzokaralarda Qozog‘iston tomoni o‘zbek haydovchisiga jarohat yetkazish bilan bog‘liq hodisa tegishli organlar tomonidan nazoratga olinganini ma’lum qilgan.
Hozirda Turkiston viloyati Sariyog‘och tuman politsiya bo‘limi tomonidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 293-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan, gumondor shaxs bo‘lgan Qozog‘iston fuqarosi qidirilmoqda.
“Kurmangazi” chegara o‘tish punktida avtotransport vositalarining to‘planib qolishi holatini oldini olish bo‘yicha esa Qozog‘iston mas’ullari barcha tegishli choralarni ko‘rmoqda.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
08:34 / 17.05.2025
Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlandi
18:39 / 16.05.2025
O‘zbekiston yo‘llaridagi barcha radar va kameralar yil oxirigacha to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi
18:04 / 16.05.2025