Xitoy O‘zbekistonda shamol turbinalari uchun qanot ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Xitoyning Sino-Wind Energy kompaniyasi O‘zbekistonda shamol generatorlari uchun qanotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Xitoyning Sino-Wind Energy kompaniyasi O‘zbekistonda shamol generatorlari uchun qanotlar ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya direktori Ma Inxu ma’lum qildi.
O‘tgan haftada Navoiy viloyatida Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan taqdimotda aytilishicha, loyiha qiymati 50 million dollarga baholanmoqda. 400 ta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, loyihada milliy kontent (mamlakat ichida ishlab chiqarilgan va taqdim etilgan mahsulot, xizmatlar, texnologiyalar va ishchi kuchining ulushi) 10 million dollar (20 foiz) miqdorida baholanmoqda. Mahalliy xomashyoning ishlab chiqarishdagi ulushi 28 foizni (14 million dollar) tashkil etadi. Shu bilan birga, loyihani amalga oshirish orqali 82 million dollar miqdoridagi importni 100 foiz qoplash rejalashtirilgan.
Korxonaning ishga tushirilishi 2025 yil 20 dekabrga kutilmoqda.
Korxona rahbari mahsulotlar Markaziy Osiyo bozorini ham qamrab olishni rejalashtirayotganini aytdi. Katta o‘lchamlari tufayli qanotlar ishlab chiqarish va tashish uchun katta maydonlarni talab qiladi, dedi u.
Mavzuga oid
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
23:34 / 19.11.2024
Olimlar Oyning orqa tomonidan olingan tuproq namunalarini o‘rgandi
22:10 / 19.11.2024
Xitoy kosmik stansiyasida tajribadan o‘tgan zaytun danaklari Yerda unib chiqdi
19:03 / 19.11.2024