Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Android 16 operatsion tizimi har doimgidan ertaroq chiqariladi
Android Headlines nashri o‘z manbalariga tayanib, Android operatsion tizimining navbatdagi versiyasi qachon taqdim etilishini ma’lum qildi.
Insayderlarga ko‘ra, Android 16 operatsion tizimi 2025 yil 3 iyun kuni chiqariladi. Shu kuni Google kompaniyasi o‘zining Pixel smartfonlarida yangi tizimni namoyish etadi. «Bu odatdagidan 2-3 oyga erta», — deya izoh bermoqda mutaxassislar.
Nashr xabarida qayd etilishicha, operatsion tizimning yangi versiyasini oldinroq taqdim etilishi iyul, avgust va sentabrda chiqariladigan qurilmalar Android 16 ning barqaror versiyasiga ega bo‘lishlari kerakligini anglatadi. Operatsion tizimning turli xatoliklarini bartaraf etishga qaratilgan ikkinchi yangilanishi esa yil oxirlariga borib taqdim etiladi.
Jurnalistlarnin ta’kidlashicha, Google operatsion tizimi endi Appleʼning har sentabrda yangilanadigan iOSʼidan ko‘ra ertaroq chiqadi. Bundan tashqari, yangi Pixel smartfonlari Android’ning oxirgi versiyasi o‘rnatilgan holatda sotuvga chiqariladi.
Bir necha kun avval Google korporatsiyasi Android 16 ni an’anaviy ravishda yil oxirida emas, balki 2025 yil o‘rtalarida taqdim etishini ma’lum qilgandi. Kompaniyadagilarning tushuntirishicha, operatsion tizimning erta yangilanishi «ekotizimdagi qurilmalarning ishga tushirilish jadvaliga yaxshiroq mos keladi».
Mavzuga oid
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
23:07 / 17.04.2025