Jahon | 21:05
5648
2 daqiqa o‘qiladi

Donald Tramp tahdid qilgan shaxslar ro‘yxati tuzildi

«Tramp ro‘yxati»da saylovlardagi raqiblari - vitse-prezident Kamala Harris, amaldagi prezident Jo Bayden va AQSh 44-prezidenti Barak Obama ham bor.

Foto: Reuters

Politico nashri saylovda g‘alaba qozongan AQSh prezidenti Donald Trampning turli siyosatchilar, jurnalistlar va tadbirkorlarga nisbatan tahdidli bayonotlarining katta ro‘yxatini to‘pladi. Nashr fikricha, Tramp endi raqiblaridan qasos olishni boshlashi mumkin.

«Tramp ro‘yxati»da saylovlardagi raqiblari - vitse-prezident Kamala Harris, amaldagi prezident Jo Bayden va AQSh 44-prezidenti Barak Obama ham bor.

Yillar davomida Tramp quyidagi shaxslarga tahdid qilgan:

- 2016 yilgi saylovda o‘ziga yutqazgan AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton;

- Meta asoschisi va rahbari Mark Tsukerberg;

- Senatning sobiq spikeri Nensi Pelosi;

- Nyu-York bosh prokurori Letisiya Jyeyms;

- Manhetten sudyasi Artur Engoron;

- Vakillar palatasining sobiq a’zosi Liz Cheyni;

- Maxsus maslahatchi Jyek Smit;

- Manhetten okrugi prokurori Elvin Bregg;

- FQB sobiq direktori Jyeyms Komi;

- FQB sobiq maxsus agenti Piter Strjok;

- FQB sobiq advokati Liza Peyj;

- shtab boshliqlari qo‘mitasining sobiq raisi Mark Milli;

- Jo Bayden oilasining barcha a’zolari;

- o‘zining sobiq advokati Maykl Koen;

- Politico muxbirlari, muharrirlari va noshirlari.

Tramp turli intervyulari, nutqlari va ijtimoiy tarmoqlardagi postlarida bu odamlarni tanqid qilgan va ularni hibsga olish yoki deportatsiya qilishga chaqirgan.

Masalan, Mark Milli haqidagi postida uni Xitoy bilan aloqadorlikda ayblab, «qatl jazosiga loyiq» ekanini aytgan. Shuningdek, Politico jurnalistlari o‘z manbalarini oshkor qilishdan bosh tortgach, ulardan keskin norozi bo‘lgan.

Mavzuga oid