Taxtaqoracha dovonidagi halokatda uch kishi vafot etgani tasdiqlandi
Hodisa tushdan keyin yuz bergan va uch kishi halok bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda vafot etganlar xorijiy sayyohlar bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.
Avvalroq Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonida ulkan xarsangtosh yumalab Sobalt mashinasini bosib qolgani va yo‘l yopilgani haqida xabar berilgandi.
Qashqadaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati halokat tafsilotlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra hodisa bugun 2024 yil 6 noyabr kuni soat 15:45 larda sodir bo‘lgan.
M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining Kitob tumani «Qaynar» MFY hududidan o‘tgan qismida, Taxtaqoracha dovonidan Kitob-Samarqand yo‘nalishida ketayotgan Cobalt mashinasini tog‘dan sirpanib tushgan ulkan tosh bosib qolgan.
Oqibatda, mashina ichida bo‘lgan uch nafar shaxs voqea joyida halok bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt’da haydovchi bilan birga uch nafar Vengriya fuqarosi bo‘lgani va ularning to‘rtovi ham halok bo‘lgani haqida ma’lumotlar tarqatildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, halokat yuz bergandan so‘ng voqea joyiga FVB qutqaruvchilari, YPX, Tez tibbiy yordam va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etgan.
Taxtaqoracha dovonidan o‘tgan yo‘l hali ochilmagan. FVV xabarida yo‘lning tez orada ochilishi aytilgan.
Mavzuga oid
20:04 / 21.11.2024
Otasining yoniga ko‘milgan qizaloqlar: opa-singil mast “poygachi”ning qurboni bo‘ldi
11:28 / 21.11.2024
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda voyaga yetmagan qiz halok bo‘ldi
16:02 / 20.11.2024
Varshava ko‘chalaridagi o‘limlar 2 barobarga kamaytirildi: qanday qilib?
09:31 / 20.11.2024