NASA Yupiterning eng tiniq suratlarini e’lon qildi
Suratlar sayyorani o‘rganish uchun orbitaga yuborilgan Juno apparati tomonidan olingan.
NASA Yupiterning yangi suratlarini taqdim etdi. Hozirda ular sayyoraning eng aniq tasvirlari bo‘lib turibdi.
Yupiter tasvirlarini Juno kosmik apparati olgan. U 2016 yilning iyul oyidan beri sayyora orbitasida, uning missiyasi 2025 yil 15 sentabrda yakunlanishi kerak.
Juno missiyasining maqsadi Yupiterning kelib chiqishi va evolyutsiyasini tushunishdan iborat. NASA ta’kidlashicha, qurilma birinchi kunning o‘zidayoq gaz giganti haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirib yuborgan.
Avvalroq NASA’ning Europa Clipper kosmik apparati Yupiterning tabiiy yo‘ldoshi Yevropani tadqiq etish uchun koinotga yuborilgani haqida xabar berilgandi. U Yupiterga 5,5 yilda yetib boradi va Yevropa yuzasidan 25 kilometr uzoqlikdan o‘tadi — bu boshqa har qanday kosmik apparatdan sezilarli darajada yaqin demak.
Mavzuga oid
20:10 / 10.11.2024
XKSda qolgan astronavt keskin vazn yo‘qotmoqda
17:44 / 08.11.2024
Xitoy 2030 yilgacha odamlarni Oyga uchirishini ma’lum qildi
17:14 / 05.11.2024
Yaponiya dunyoda birinchi bo‘lib yog‘och sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi
10:45 / 02.11.2024