Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ekskavator gaz quvuriga shikast yetkazishi oqibatida minglab xonadonlar gazdan uzildi
Ekskavator gaz quvuriga shikast yetkazishi oqibatida Yakkasaroy va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 8 noyabr kuni Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida qazish ishlarini olib borayotgan ekskavator ish jarayonida o‘rta bosimli gaz quvurini uzib yuborgan.

Buning oqibatida Yakkasaroy tumanida joylashgan ko‘p qavatli binolardagi 2400 ta va 1100 ta yerli xonadon, shuningdek, Mirobod tumanining Nukus, Abdulla Qahhor, Damariq va Hamid Sulaymon ko‘chalari iste’molchilari vaqtincha tabiiy gaz tarmog‘idan o‘chirilgan.
«Ta’mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 6 noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi «Bog‘iston» MFY hududidan o‘tuvchi gaz quvuriga Cobalt avtomashinasi borib urilgandi. Hodisa oqibatida 700 ta aholi xonadoni va 3 ta ulgurji iste’molchining tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Mavzuga oid
19:56 / 01.03.2025
Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 1 aprelga qadar uzaytirildi
21:26 / 16.02.2025
O‘zbekistonda ikki yarim oyda 327 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy fodalanildi
19:06 / 04.01.2025
Samarqandda 1,33 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi
16:16 / 17.12.2024